“Markaziy Osiyoda hayot qandayligini ko‘rishga qaror qildim” — Durov, “Telegram” asoschisi

“Markaziy Osiyoda hayot qandayligini ko‘rishga qaror qildim” — Durov, “Telegram” asoschisi

Pavel Durov bu yil yozni Markaziy Osiyoda o‘tkazishga qaror qilganini yozdi.

“Dubayda havo isib bormoqda va mening do‘stlarim Fransiyaning janubi kabi ajoyib joylarga ketishmoqda. Fransiya fuqarosi sifatida men u yerni eng yaxshi dam olish maskani ekanligiga qo‘shilaman.

“Telegram” bosh direktori sifatida men ta’tillarni qabul qilmayman. Buning o‘rniga g‘ayrioddiy joylarda foydalanuvchilarimiz bilan uchrashishda davom etaman. Bu yozda men Markaziy Osiyoda hayot qandayligini ko‘rish, odamlar “Telegram”dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganishga qaror qildim.

O‘zimning kashfiyotlarim haqida sizni kanalimda xabardor qilib turaman”, — degan u o‘zining kanalida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!