Markaziy Osiyo: qayerda qaysi messenjer ommalashgan?

Markaziy Osiyo: qayerda qaysi messenjer ommalashgan?

Geografik jihatdan bir-biriga yaqin joylashganiga qaramay, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston aloqa uchun turli mobil dasturlardan foydalanadi. «Asia-Plus» bu davlatlarning har birida qanday messenjerlar yaxshiroq ishlashi haqida batafsil ma’lumot to‘pladi.

Qozog‘iston

Qozog‘istonda muloqot uchun eng mashhur mobil dastur bu WhatsApp bo‘lib, undan mamlakat aholisining 96 foizi foydalanadi. Bunday ma’lumot Internews va Search for Common Ground Kyrgyzstan tomonidan keltirilgan. Mashhurligi bo‘yicha undan keyingi o‘rinlarni Telegram (38 foiz), Imo (28 foiz) va Viber (26 foiz) egallagan.

Qirg‘iziston

Qirg‘izistonda ham birinchi o‘rinda WhatsApp turadi. Bu mobil dasturdan qirg‘izistonliklarning 85 foizi foydalanadi. Undan keyingi o‘rinlarni esa Telegram (19 foiz), Imo (18 foiz) va Viber (14 foiz) egallagan.

Tojikiston

Tojikistonda ko‘proq videoaloqa rivojlangan messenjerlar — Imo va Viber ommalashgan. Uning mamlakatda mashhurligini bu messenjerning Rossiyada ham keng ommalashgani, shuningdek, interneti qimmat bo‘lgan mamlakat uchun bu qulayroq ekani bilan ham izohlash mumkin. Chunki trafikni tejash maqsadida video orqali muloqot qilish imkonini beradi.

O‘QING: Eng qulay va xavfsiz messenjerlar reytingi bilan tanishing!

Tojikistonliklar uchun bu muhojirlikda yurgan yaqinlari bilan muloqot qilish uchun muhim. Tojikistonliklarning 61 foizi Viber dasturidan, 47 foizi esa Imo dasturidan foydalanadi. Mashhurligi bo‘yicha undan keyingi o‘rinlarni WhatsApp (28 foiz) va Telegram (14 foiz) egallagan.

Turkmaniston

Turkmanistonda Yaponiyaning LINE messenjeri keng foydalaniladi. Nima uchun aynan bu dastur mashhurligi tushunarsiz. Ehtimol mamlakatdagi xabar almashishi mumkin bo‘lgan boshqa dasturlarning ishlamasligidir. Mamlakat aholisi, shuningdek, Imo dasturidan ham foydalanadi.

O‘zbekiston

O‘zbekistonda uzoq vaqt ayrim messenjerlar, shu jumladan Skype va Viber ishlamas edi. Hozirda bu muammo hal qilinmoqda. Shu sababli mamlakat aholisi orasida umuman boshqa messenjerlar — Telegram va WhatsApp, undan keyin esa Imo mashhur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!