"Manchester Siti" Messiga 10 yillik shartnoma tayyorlamoqda

"Manchester Siti" Messiga 10 yillik shartnoma tayyorlamoqda

Angliyaning "Manchester Siti" futbol klubi Ispaniyaning "Barcelona" klubi hujumchisi Lionel Messi uchun uzoq muddatli shartnomani tayyorlamoqda, deb xabar beradi Sport.es.

Qayd etilishicha, gap 10 yillik kelishuv haqida ketmoqda, uning shartlariga ko‘ra argentinalik bir necha mavsumni «Siti»da, qolganlarini «Manchester Siti»ning «sho‘ba» klublaridan birida, masalan, Avstraliyaning «Melburn», Amerikaning «Nyu-York Siti", Yaponiyaning "Yokogame Marinos" klublarida o‘tkazishi kerak.

Messining "Barselona" bilan shartnomasi 2020 yil 30 iyunda tugaydi. Shunga ko‘ra, "Manchester Siti" Messi bilan muzokaralarni reglamentga muvofiq yanvarda boshlashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!