Makron Mirage 2000 harbiy samolyotlarini Kiyevga topshirishga tayyorligini e’lon qildi

Makron Mirage 2000 harbiy samolyotlarini Kiyevga topshirishga tayyorligini e’lon qildi

Fransiya Ukrainaga bir qator modernizasiya qilingan Mirage 2000-5 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish niyatida, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 6 iyun, payshanba kuni Fransiyaning TF1 va France 2 telekanallariga bergan intervyusida. «Ular Ukrainaga o‘z hududi va havosini himoya qilishga imkon beradi», dedi u ukrainalik uchuvchilar 2024 yil oxirigacha Mirage’dan foydalanish uchun Fransiyada tayyorgarlikdan o‘tishlari mumkinligiga aniqlik kiritib. Fransiya prezidenti hozircha qiruvchilarning aniq sonini ma’lum qilgani yo‘q.

Bundan tashqari, Makron yana 4500 nafar ukrainalik harbiyni Fransiyada o‘qitishga va’da berdi. U, shuningdek, Ukrainaga fransuz harbiy instruktorlarini yuborishga tayyorligini tasdiqladi va «biz jangovar zonada askarlarni tayyorlash haqida gapirmayapmiz», shuning uchun bu «eskalasiyani anglatmaydi», dedi.

Ma’lumot uchun, Fransiya harbiy-havo kuchlarining asosiy jangovar samolyoti Mirage - 1970-yillarda Dassault Aviation tomonidan ishlab chiqilgan to‘rtinchi avlod ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotdir. Fransiyadan tashqari, 1984 yildan beri u Osiyo, Yevropa va Lotin Amerikasidagi bir qancha mamlakatlarda bor. Ukrainaga yetkazilishi rejalashtirilgan Mirage 2000-5 versiyasi 1990-yillarda eng yaxshilaridan biri hisoblangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!