Makron: Yevropada Kiyevga yordam ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan tomonlarning pozisiyalari mustahkamlanmoqda

Makron: Yevropada Kiyevga yordam ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan tomonlarning pozisiyalari mustahkamlanmoqda

Fransiya prezidentining qayd etishicha, Yevroparlament saylovlari natijalariga ko‘ra o‘ta o‘ng partiyalar «qit’aning hamma joyida» o‘z pozisiyalarini mustahkamlamoqda.

Evroparlamentga saylovlarning dastlabki natijalari Kiyevga yordam berishga qarshi bo‘lgan partiyalar Yevropada siyosiy kuchga ega bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron shunday fikrda

«Saylovlarning asosiy natijasi aniq, bu Yevropa integrasiyasini himoya qiluvchi partiyalar, jumladan, Fransiyadagi prezidentlik lageri uchun eng yaxshi natija emas», dedi Makron televideniye orqali aholiga murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «qit’aning hamma joyida o‘ta o‘ng partiyalar o‘z pozisiyalarini mustahkamladilar, ular so‘nggi yillarda Yevropa tomonidan ta’minlangan taraqqiyotga, xoh u iqtisodiyotni tiklash, xoh Yevropa chegaralarini birgalikda himoya qilish, xoh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, xoh Ukrainaga yordam berish bo‘lsin, qarshilik ko‘rsatmoqda. »

Makron, shuningdek, 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmasligini ham qo‘shimcha qildi, deb yozadi «TASS» .

Avvalroq Fransiyada Yevroparlamentga bo‘lib o‘tgan saylovlarda o‘ng qanot «Milliy ralli» partiyasi 32 foizdan ortiq ovoz to‘plab, g‘alaba qozongani xabar qilingandi. Emmanuel Makron Milliy assambleyaning tarqatilishi va muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi. Birinchi bosqich 30 iyun kuni, ikkinchi tur 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi..


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!