Makgregor va Donald Serrone jangining chiptalari bir kunda sotilib ketdi

Makgregor va Donald Serrone jangining chiptalari bir kunda sotilib ketdi

Aralash janglar bo‘yicha eski chempion Konor Makgregor oktagonga qaytmoqda. Irlandiyalik 2020 yilning 18 yanvar kuni  Las-Vegasda amerikalik Donald Serrone bilan to‘qnashadi.

Insayder Kevin Loyl yozishicha, UFCning mana shu jang uchun chiqarilgan chiptalari bir kun ichida sotilib ketgan. Tushgan pul — 10 mln. dollar!

Konor Makgregor UFC doirasidagi 25 ta jangidan 21 tasida raqiblarini yer tishlatgan. 2018 yilning 6 oktyabridan beri esa «ta’tilda» — o‘sha kuni o‘zi Habib Nurmagomedovdan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!