Lukashenko “MDH faxriy chegarachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Lukashenko “MDH faxriy chegarachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Bu haqda Minskda MDH davlatlari chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashi muvofiqlashtiruvchi xizmati raisi Aleksandr Manilov ma’lum qildi. 

17 oktyabrda Minskda MDH davlatlari chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Manilovning ta’kidlashicha, MDH davlati rahbari ilk bor ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

“MDH faxriy chegarachisi” ko‘krak nishoni MDH davlatlari rahbarlari kengashi qarori bilan 2007 yil 5 oktyabrda ta’sis etilgan. U bilan taqdirlanish “MDH davlatlari chegara boshqarmalari harbiy xizmatchilari va faxriylarining jangovar hamdo‘stlik, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, MDH davlatlari chegara boshqarmalari o‘rtasidagi hamfikrlikni mustahkamlash, chegara boshqarmalari rivoji va MDH davlatlari tashqi chegaralarini muhofaza qilishga salmoqli hissa qo‘shish, MDH davlatlari tashqi chegaralarini muhofaza qilishdagi xizmat majburiyatlarini bajarishda ko‘rsatilgan jasorat va fidokorlikning tan olinishini anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!