Livandan Isroilga 40 ga yaqin raketa uchirildi

Livandan Isroilga 40 ga yaqin raketa uchirildi

Isroilga 12 aprel kuni tunda Livan hududidan 40 ga yaqin raketa uchirildi. Bu haqda Meduza nashri xabar berdi.

Isroil mudofaa kuchlari hujum haqida birinchi bo‘lib xabar bergan. Manbaga ko‘ra, raketalarning bir qismi tutib olingan, qolganlari esa xoli joylarga tushib portlagan. Isroil bayonotida hujum oqibatida qurbonlar bo‘lmagani aytilgan.

Mudofaa kuchlari qo‘shimcha qilishicha, Isroil mudofaa qurilmalari avvalroq ikkita dronni urib tushirgan. Bundan tashqari, Isroil harbiylari Livan janubidagi nishonlarga qator hujumlar uyushtirgan.

Isroilning The Times of Israel nashri “Hizbulloh” hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olganini yozgan. Isroil shimolida kamida ikki marta havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Internetda Isroil havo mudofaasi ishini aks ettiruvchi videolar ham paydo bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!