Lazzatlardan biri... tunda!

Lazzatlardan biri... tunda!

Imom Ahmad ibn Hanbal tolibi ilm tahajjud o‘qimasa, ta’lim berishni to‘xtatardilar. Bir kun Abu Ismat ismli talaba imomning huzurlarida yotib qoldi. Uning oldiga tahorat uchun suv qoldirib, bomdod azonidan oldin kelsalar, Abu Ismat uxlab yotibdi. Suv ham shundoq turibdi. Imom uni uyg‘otdilar va: "Ey Abu Ismat, nega kelding?", dedilar. U: "Hadis o‘rganish uchun", deb javob qildi. "Tunda tahajjuding bo‘lmasa, hadisni qanday o‘rganasan?! Qayerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga jo‘na!", dedilar imom Ahmad.

Imom Shofe’iy aytadilar: "Olim kishida Alloh bilan o‘zi o‘rtasida maxfiy qolgan solih amal bo‘lishi kerak. Chunki odamlarga ko‘rinadigan ilm yo amalning oxiratda foydasi kam bo‘ladi. Ulug‘lardan birlarini tushda ko‘rilganda: "Alloh taolo ilmim sababidan kam gunohimni kechirdi", dedilar.

Abu Sulaymon Doroniy aytadilar: "Agar tun bo‘lmaganda, dunyoda qolishni xushlamasdim".

Ali ibn Bakkor aytadilar: "Qirq yildan beri meni faqat tong otishi mahzun qiladi".

Sirriy aytadilar: "Faqat tun zulmatida vorid bo‘ladigan foydalarni ko‘rdim".

Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: "Quyosh botgan paytda, Rabbim bilan xilvatim borligi uchun sevindim. Tong otganda esa, odamlarning huzurimga kirishi borligi uchun xafa bo‘ldim".

Ibn Munkadir aytadilar: "Dunyo lazzatlaridan faqat uchtasigina qoldi: "Tun qiyomi, do‘stlar diydori va jamoat namozi".

Tun namozi uns, uni faqat muqarrablar biladilar.

Kim uni tatisa taniydi, agar tanisa unda cho‘miladi.

Ey Alloh, o‘zimni va sevganlarimni shundaylardan qilgin.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!