"L-Lizin Essinat" preparatining faqat bitta partiyasi musodara qilingan va u Galichpharm zavodida ishlab chiqarilmagan — “Arterium”

"L-Lizin Essinat" preparatining faqat bitta partiyasi musodara qilingan va u Galichpharm zavodida ishlab chiqarilmagan — “Arterium”

Avvalroq saytimizda “L-Lizin Essinat Ineksiya uchun eritma 5 ml” (ishlab chiqaruvchisi JAJ “Galichfarm”) qalbakilashtirilgan dori vositasi sotilayotgani haqida xabar chop etilgandi.

“Arterium” kompaniyasi bu xabarga munosabat bildirdi. Kompaniyaga ko‘ra, mahsulotning faqat bitta partiyasi musodara qilingan va u Galichpharm zavodida ishlab chiqarilmagan.

“Arterium” kompaniyasi ixtiyoriga O‘zbekiston Respublikasi Farmasevtika vositalarini rivojlantirish agentligidan "L-Lizin Essinat" seriyali dori vositasi sotuvdan olib qo‘yilgani haqida xat kelib tushdi. Ushbu xatga ko‘ra, yaroqlilik muddati 2025 yil noyabrgacha bo‘lgan 550323 seriyasi olib tashlanishi kerak. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu seriyani olib qo‘yishga ekspertiza tomonidan tasdiqlangan mahsulotning qalbakilashtirilganligi fakti sabab bo‘lgan.

Ayni paytda "L-Lizin Essinat" preparatini ishlab chiqaruvchi Galichpharm kompaniyasi allaqachon rasmiy maktub taqdim etib, bunday raqamdagi seriya ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmagani haqida xabar bergan”, - deydi “Arterium” matbuot xizmati rahbari Oksana Stefanova.

"L-Lizin Essinat" preparatining faqat bitta partiyasi musodara qilingan va u Galichpharm zavodida ishlab chiqarilmagan — “Arterium”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!