KXDR Rossiyaga qurol yetkazib berish sur’atini oshirmoqda — Bloomberg

KXDR Rossiyaga qurol yetkazib berish sur’atini oshirmoqda — Bloomberg

Janubiy Koreyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, Pxenyan Rossiyaga 3 million dona 152 millimetr o‘lchamli snaryadlarni sig‘dira oladigan 6700 ga yaqin konteyner jo‘natgan.

Buning evaziga Rossiya Shimoliy Koreyaga oziq-ovqat, xom ashyo va qurol ishlab chiqarishda ishlatiladigan qismlarni yetkazib beradi.

Oziq-ovqat yordami Kim Chen Inga asosiy ehtiyoj mahsulotlari narxini barqarorlashtirishga yordam berdi, harbiy texnologiya esa qo‘shnilariga tahdid qilish qobiliyatini oshiradi.

Ballistik raketalar, artilleriya snaryadlari va boshqa harbiy texnikaning eksporti uzoq vaqtdan beri xalqaro sanksiyalar ostida yakkalanib qolgan KXDR iqtisodiga turtki bo‘lib, josuslik sun’iy yo‘ldoshlarini joylashtirish va yadro quroli dasturini ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!