Kun savoli: Yosh chempionlarga ham Malibu berilsinmi?

Kun savoli: Yosh chempionlarga ham Malibu berilsinmi?

Kecha, 16 may kuni mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib chiqqandi. O‘zbekistonlik futbolchilar ertaga, 18 may kuni Toshkentga qaytib keladi.
 
Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiladigan futbolchilar 17:00 da Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga yetib keladi. Ularni katta tantana bilan kutib olish rejalashtirilgan.
 
Darvoqe, qahramonlar qanday mukofot bilan taqdirlanishi haqida hozirda aniq bir ma’lumot yo‘q. Lekin chempionlar O‘zbekistonga uchib kelgandan so‘ng tadbir o‘tkaziladi va unda yosh futbolchilar va ularning murabbiylariga xalqaro arenada qozongan buyuk g‘alabasi uchun nima bilan taqdirlanishi aytiladi. Balki yosh chempionlarga ham Osiyo chempionlariga berilgani kabi Malibu berish kerakdir? Axir yoshlar jahon arenasida qahramonlik ko‘rsatdi.
 
Asosiysi, MOQ va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov kecha mamlakat bayrog‘i ostida saf tortgan yigitlarni qalban qo‘llab-quvvatlashini aytgan edi.
 
“Ko‘zi yonib turgan yosh futbolchilarimiz ko‘rsatgan bu jasorat tahsinga loyiq. Ular yosh bo‘lishiga qaramay, barchamizga mundiallarda qanday o‘ynash kerakligini ko‘rsata olishdi. Yigitlarga qarab ishonish mumkinki, O‘zbekiston kelajagi ishonchli qo‘llarda. Aslida barchamiz mana shu futbolchilarga mehr ulashishimiz kerak. Endi qahramonlarni hammaga o‘rnak qilib ko‘rsatamiz”, degan edi Ahmadjonov.
 
Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik futbolchilar bunday musobaqada ilk bor ishtirok etdi. Ular finalda mundialning amaldagi g‘olibi hisoblangan Pokiston terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.
 
Demak, o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochgan futbolchilarning bilan quyida tanishing.
 
Darvozabon:
Islamov Sergey
Futbolchilar:
Shaplov Danil
Ochilov Jahongir
Ergashboyev Toir
Kotov Ruslan
Karaxanyan Ruslan
Esenbayev Aziz
Shamshilov Edgar
Son Salim.
Bosh murabbiy: Asadov Jamshid.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!