Kubada dunyoda birinchi bo‘lib yosh bolalarni ham koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Kubada dunyoda birinchi bo‘lib yosh bolalarni ham koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Kuba dunyoda birinchi bo‘lib kichik yoshdagi bolalarni koronavirusga qarshi emlashni boshladi. Dushanba kuni Syenfuegos provinsiyasida 2-11 yosh oralig‘idagi bolalarni emlashga kirishilgan. Emlashda Kubaning o‘zida ishlab chiqarilgan va Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan tan olinmagan Abdala va Soberana preparatlaridan foydalanilyapti.

Hukumat 2020 yilning martida yopilgan maktablarni joriy yil oktyabrida ochishni rejalashtirgan. Ungacha barcha o‘quvchilar emlangan bo‘lishi kerak. Shu paytgacha darslar televideniye orqali olib borildi, chunki oilalarning barida ham internetga ulanish imkoniyati mavjud emas.

Dunyoning bir qator mintaqalari, xususan, Yevropa Ittifoqida vaksinasiya 12 yoshli bolalardan boshlangan. Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari va Venesuela tez orada 12 yoshdan kichiklarni ham emlash boshlanishini e’lon qilgan.

Kuba hukumati Rossiya yoki Xitoydan vaksina olishni istamadi, bundan tashqari rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berishga mo‘ljallangan COVAX dasturida ham qatnashmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!