Koronavirusning paydo bo‘lishi haqida yana bir taxmin bildirildi

Koronavirusning paydo bo‘lishi haqida yana bir taxmin bildirildi

Koronavirusning yuzaga kelishi haqidagi eng katta taxmin oldingidek ko‘rshapalaklar bo‘lib turgan bo‘lsa-da, insonga bu dard to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, biror bir jonzot vositasida o‘tgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda “Vesti v subbotu” dasturida Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova xabar berdi.

“Menimcha, yana biroz tadqiqotlar olib borilishi kerak va biz bu borada izlanishlarni davom ettiryapmiz. Ammo haqiqatga eng yaqin taxmin bu albatta ko‘rshapalaklar! To‘g‘ri, keyinchalik virus modifikasiyalangan, chunki inson va ko‘rshapalak o‘rtasida zanjirning yana bir xalqasi bo‘lgan” – dedi u.

11 yanvar kuni Xitoyga borgan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining bir guruhi koronavirusning Uxandan tashqarida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surgan edi. Mazkur kasallik ilk bor ushbu shahar hududida aniqlangan bo‘lsa ham, Xitoy hukumati va olimlari virusning Uxanda paydo bo‘lgani haqidagi taminlarni shubha ostiga olishgan. Jumladan, olimlar ushbu virus Uxanda aniqlanishidan ancha avval Italiyada paydo bo‘lgani haqida dalillarni keltirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!