Koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda

Koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda

Singapurda koronavirusga qarshi Lunar-Cov19 nomli vaksinani klinik sinovdan o‘tkazish boshlandi

Tajribada 21 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 100 kishi ishtirok etadi. Oktyabrning oxirigacha davom etadigan birinchi bosqich mobaynida olimlar preparatning potensial toksik darajasini baholashadi, shuningdek, organizmdan qanday chiqib ketishini aniqlashadi.

Lunar-Cov19 vaksinasining o‘ziga xosligi shundaki, preparat tarkibida virus butunligicha emas, balki virusning genetik material fragmentlari bo‘ladi xolos. U odam organizmiga tushgach, ushbu elementlar hujayralarni SARS-CoV-2 ga qarshi himoya oqsilini ishlab chiqarishga majburlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!