Koronavirusga chalinib sog‘aygan odamga qancha vaqtgcha kasallik yuqmaydi?

Koronavirusga chalinib sog‘aygan odamga qancha vaqtgcha kasallik yuqmaydi?

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sevara Ubaydullayeva quyidagi savolga javob berdi:

«O‘tgan yili kuzda COVID bilan kasallanib, sog‘aygandik. Yaqinda qizim shamolladi, hid va ta’m bilmayapti. PZR-test musbat chiqdi. Tuzalgan odamlarda antitanachalar bir yilgacha himoya qiladi deyishgandi. Endi nima qilamiz?»

«Bugungi kunda koronavirus infeksiyasidan keyin hosil bo‘ladigan himoya immun hujayralari, ya’ni Immunoglobulin-G barchada har xil muddat saqlanishi qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Bu inson organizmining turli xussusiyatlari — kasallikni qay darajada o‘tkazgani, olingan davo muolajalari ta’siri hisobidan kelib chiqib: 3, 6, uzog‘i 9 oygacha himoya qilmoqda. Shundan keyin bu hujayralarning titri tushib, himoya qobiliyati yo‘qolib ketmoqda.

Bu degani — insonning koronavirusdan himoyasi yo‘q, degani. Qizingiz kuzda kasallangan ekan, oradan 9 oy o‘tibdi, demak farzandingizda himoya hujayralari titri tushgan, shu bois qayta kasallangan.

Sizni taktikangiz:

● Qizni alohidalang;

● Oilangiz a’zolari, barchasi niqob taqishi va ijtimoiy masofa saqlashga rioya qilishi kerak;

● Oila a’zolari qo‘llarni tez-tez sovun bilan yuvishi, tomoqlarni va burunlarni tez-tez chayib turishi kerak;

● Xonalarni tez-tez shamollatib turing, kondisioner bor xonadan qizingizni uzoqlating va imkon qadar oila a’zolari ham kondionerli xonada ko‘p bo‘lishmasin;

● Oilaviy shifokoringizni uyga chaqiring, uni qizingizdagi koronavirus alomatlari haqida ogohlantiring;

● Shifokor bolaning salomatligini to‘liq o‘rganadi, davo choralari tavsiya qiladi, bepul «boks» — dori qutisini taqdim etadi va qanday dorilarni qanchadan ichish kerakligini, gigiyena va karantin qoidalarini tushuntiradi, ovqatlanish va jismoniy faollik hamda nafas mashqlari to‘g‘risida ham ma’lumot beradi;

● Oila a’zolarining barchasi bemor bilan kontaktda bo‘lganlar toifasiga kiritilib, 7-10 kun nazoratda bo‘lish talab etiladi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!