Koronavirus! Tojikiston yordam so‘radi

Koronavirus! Tojikiston yordam so‘radi

Tojikiston Rossiya va boshqa mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro tashkilotlardan COVID-19 ning oldini olishda yordam berishni so‘ramoqda, deya xabar berdi RIA Novosti.

"Tojikistonning murojaati allaqachon Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborilgan va ko‘rib chiqilmoqda", - dedi manba.

Qayd etilishicha, Tojikiston tibbiy xodimlar uchun niqoblar, maxsus xalatlar va himoya kiyimlarini, shuningdek, koronavirusni aniqlash uchun sinovlar taqdim etishni so‘ragan.

1 aprel kuni JSSTning Tojikistondagi vakili Galina Perfilyeva mamlakatda koronavirus yo‘qligini e’lon qildi va aholidan gigiyena qoidalariga rioya qilishni hamda gavjum joylarga bormaslikni so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!