Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida to‘rt polisiyachi halok bo‘ldi

Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida to‘rt polisiyachi halok bo‘ldi

Kolumbiya shimoli-g‘arbidagi Antiokiya departamentida Black Hawk vertolyotining qulashi oqibatida to‘rt nafar polisiyachi halok bo‘ldi.

Bu haqda milliy polisiya rahbari Uilyam Rene Salamanka X (sobiq Twitter)da ma’lum qildi.

"Kolumbiyani himoya qilish uchun mayor Xuan Morales, kapitan Sezar Rodriges va ikki boshliq Feder Celis va Rafayel Gonsales "Black Hawk 0614" falokatida o‘z hayotlarini qurbon qildilar", deb yozdi u.

"Mamlakat farovonligi uchun mehnat qilgan bu odamlarning oilalariga samimiy hamdardlik bildiraman", dedi Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro X.

Voqea yuzasidan tergov boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!