Klopp Saloh va Ronalduni taqqosladi

Klopp Saloh va Ronalduni taqqosladi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Manchester Yunayted»ga qarshi yakshanba kungi uchrashuv oldidan Muhammad Saloh va Krishtianu Ronalduni o‘zaro taqqosladi.

«Aslida bu futbolchilarni taqqoslash shart emas. Har ikkisi ham jahon darajasidagi o‘yinchilardir.

Muhammadning chap oyog‘i Ronaldunikidan yaxshiroq. Krishtianu esa havodagi kurashda ustun. Shuningdek, uning o‘ng oyoqda yo‘llaydigan zarbalari Salohning zarbalaridan yaxshiroq. Ikki hujumchi ham juda tezkor va har doim gollarga tashna», - deydi Klopp o‘yindan oldingi matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, APL 9-turi doirasidagi «Manchester Yunayted» – «Liverpul» uchrashuvi 24 oktyabr kuni, soat 20:30da boshlanadi. «Liverpul» 18 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «MYu» 14 ochko bilan 6-o‘rinda joylashgan.

Ronaldu joriy mavsum jami 8 o‘yinda 6ta gol, Saloh esa 11ta o‘yinda 12ta golga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!