Keyt Middlton Zelenskiyning rafiqasi bilan uchrashdi

Keyt Middlton Zelenskiyning rafiqasi bilan uchrashdi

Uels malikasi Keyt Middlton Bukingem saroyida Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskayani qabul qildi. Uchrashuv vaqtida qanday masalalar muhokama qilingani hozircha noma’lum.

Elena Zelenskaya Buyuk Britaniya qirolichasining dafn marosimiga taklif etilgan 500 nafar nufuzli mehmonlar ro‘yxatiga kiritilgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dafn marosimiga kelmagan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga esa taklif yuborilmagan.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton rus-ukrain mojarosida Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan edilar. Ular London shahridagi Ukraina madaniyat markazi va Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mita bosh qarorgohiga tashrif buyurib, ukrainaliklar bilan uchrashishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!