"KENT" tamaki qutisidan giyohvand modda topildi

"KENT" tamaki qutisidan giyohvand modda topildi

🔹2021 yil 15 sentyabr kuni soat 02:30 larda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida YPX xodimlari O.Botirov va A.Akbarovlar tomonidan "Spark" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, avtomobil salonida yo‘lovchiga tegishli bo‘lgan "KENT" nomli tamaki qutisida, sellofan paket ichida oq rangli, kukunsimon, o‘tkir hidli modda topilib xolis va guvohlar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

‼️Holat to‘liq o‘rganilishi uchun yo‘lovchi va topilgan modda tuman IIO FMBga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!