Karantin: Niderlandiya bosh vaziri onasining dafn marosimiga bormadi

Karantin: Niderlandiya bosh vaziri onasining dafn marosimiga bormadi

Niderlandiya bosh vaziri Mark Rutte mamlakatdagi karantin cheklovlari sabab onasining so‘nggi kunlarida yonida bo‘lolmadi, deya xabar beradi The Guardian nashriga tayanib “xabardor.uz”.

Rutte haqidagi yangiliklar Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ota-onasining uyiga borish uchun mamlakatdagi sayohat cheklovlarini buzganligi to‘g‘risidagi siyosiy tortishuvlar jarayonida paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bosh vazir 25 may kuni 96 yoshli onasi Miyeke Rutte-Dillingning 13 may kuni Gaagadagi uyida vafot etganini ma’lum qilgan.

“Bosh vazir barcha ko‘rsatmalarga bo‘ysundi”, dedi Ruttening vakili AFPga bergan intervyusida.

Ruttening onasi yashaydigan uyda koronavirus avj olganiga qaramay, u COVID-19 dan vafot etmagan, deya xabar beradi Niderlandiya ommaviy axborot vositalari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!