Kamala Xarris Jo Baydenning lavozimini egallashga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Kamala Xarris Jo Baydenning lavozimini egallashga tayyor ekanligini ma’lum qildi

AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris 12 fevral, dushanba kuni Amerikaning The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida, agar kerak bo‘lsa, AQSh prezidenti lavozimini egallashga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi DW.

“Men xizmat qilishga tayyorman. Bunga hech qanday shubha yo‘q”, — dedi u saylovchilarning AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning yoshi haqidagi xavotirini izohlar ekan.

Xarrisning aytishicha, uni ish joyida ko‘rgan har bir kishi uning yetakchilik qobiliyatini tushunadi.

Gazetaning AQSh Demokratik partiyasidagi manbasiga tayanib yozishicha, demokratlar bo‘lajak prezidentlik saylovlarida Baydenni boshqa nomzod bilan almashtirish haqida gapirmayapti.

Bundan tashqari, WSJ ta’kidlaganidek, praymerizda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish muddati o‘tdi.

Agar 81 yoshli Jo Bayden negadir bu yilgi saylovlardan chiqishga qaror qilsa, vise-prezident Kamala Xarris avgust oyida bo‘lib o‘tadigan Demokratik partiyaning milliy konvensiyasida uning o‘rnini egallash uchun ko‘pchilik demokrat delegatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.

Agar prezident konvensiyadan keyin o‘z nomzodini qaytarib olsa, uning saylovdagi vorisi Demokratik milliy qo‘mita tomonidan aniqlanadi, deb xabar beradi WSJ.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!