Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari neft va gaz ta’minotiga tahdid solmoqda
Los-Anjelesdagi neftni qayta ishlash zavodlari yong‘in xavfi va elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli quvurlardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, deb xabar beradi FOX Business.
Kaliforniyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlarining uylar, korxonalar va boshqa infratuzilmalarga halokatli ta’siridan tashqari, nazoratsiz yong‘inlar shtat va undan tashqaridagi hududlardagi energiya oqimiga putur yetkazishi mumkin.
«Lipow Oil Associates» kompaniyasi prezidenti Endi Lipou yong‘inlar xom neft, benzin, dizel va tabiiy gaz ta’minotiga ta’sir qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Yong‘inlar hali Los-Anjeles va Long-Bich hududlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga xavf tug‘dirmagan, biroq bir qancha quvurlar xavf ostida.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Los-Anjeles hududidagi beshta zavod Kaliforniya uchun energiyaning 60% va G‘arbiy sohil, jumladan Alyaska va Gavayi uchun 40% qayta ishlaydi.
«Hurst Fire» va «Easton Fire» hududlaridagi xom neft va tabiiy gaz quvurlari, shuningdek, «Kinder Morgan West Line» allaqachon yopilgan. Ular Nevada va Arizonada iste’mol qilinadigan neft mahsulotlarining qariyb 60 foizini ta’minladilar.
Mahalliy kommunal xizmatlar tomonidan olib borilayotgan profilaktika choralari tufayli neft va gaz infratuzilmasi ham elektr energiyasisiz qolishi mumkin.
Mavjud vaziyat neftni qayta ishlash zavodlarida energiya resurslarining kamayishi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Mahalliy, shtat va federal kuchlar yong‘inlarning bir qismini qisman o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi, dedi Oq uy. Shunday qilib, Pasadinadagi yong‘in — 3%, Pasifik Palisadesda - 8%, Venturada - 35%, Silmarda - 37% o‘chirilgan.