Turkiya 5Gni ishga tushirishga tayyorlanmoqda
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an beshinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirish rejasini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda tarmoq infratuzilmasini yaratish bo‘yicha tender o‘tkazish ushbu yo‘nalishdagi muhim qadam bo‘ladi va dasturning dastlabki natijalari 2026 yilda kutilmoqda.
Turkiya rasmiylarining ta’kidlashicha, “Mahalliy 5G aloqa tarmog‘i” loyihasi butun mamlakat bo‘ylab yuqori tezlikdagi Internetga ulanishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.
Ushbu texnologiyaning joriy etilishi aloqa sifatini yaxshilaydi, ma’lumotlardan foydalanishni tezlashtiradi va aqlli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlar asosi bo‘lgan narsalar interneti (IoT) dan foydalanish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
5G ga o‘tish bilan internet tezligi hozirgi 4,5G tariflariga nisbatan o‘n barobar oshishi kutilmoqda.
Ma’lumki, Turkiya 2016 yil aprel oyida 4Gdan 4,5Gga (LTE Advanced) o‘tdi, bu esa 300 Mbit/s gacha tezlikni ta’minladi. 5G texnologiyasi 1 Gbit/s va undan yuqori tezlikni va’da qiladi, bu avvalgi standartlarning imkoniyatlaridan sezilarli darajada oshadi.
Mutaxassislarning fikricha, beshinchi avlod tarmog‘ining ishga tushirilishi foydalanuvchi tajribasini yaxshilashdan tashqari, aqlli shaharlar, sog‘liqni saqlash, sanoat va transport kabi sohalarda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantiradi.
Ushbu loyiha, shuningdek, milliy texnologik bazani rivojlantirish va telekommunikasiya sohasida xorijiy yechimlarga qaramlikni kamaytirishga qaratilgan.