2025 yil 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga “Yashil tadbirkor” maqomini berishni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirish taklif qilinmoqda. Bu “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasida keltirib o‘tilgan.
Kimlarga beriladi?
Loyihaga ko‘ra, ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shgan, jumladan, korxonani “yashil belbog‘” bilan o‘ragan, sug‘orish tizimlarini o‘rnatgan, tomchilatish, yomg‘irlatish va konteynerli (qopli) sug‘orish tizimini joriy qilgan, energiya tejamkorligi, jumladan, energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni amalda qo‘llagan tatbiq etgan tadbirkorlarga “Yashil tadbirkor” maqomi beriladi. Shuningdek, bunday tadbirkorlar korxonaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishi, jumladan, ekologik huquqbuzarlik sodir etmasligi, atmosferaga tashlamalarni onlayn monitoring qilish tizimidan foydalanishi va ishlab chiqarishga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish (“7R”) tamoyilini tatbiq etishi lozim.
Qanday imtiyozlar taqdim etiladi?
“Yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik sub’ektlari “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlikka ega bo‘ladi. Shuningdek, muayan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etiladi va xalqaro bozorlarga chiqish uchun qo‘llab-quvvatlanadi. Qolaversa, taqdirlash uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi va tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi doirasida qo‘shimcha ball beriladi.
Xalqaro tajriba
Fransiyada yashil tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan asosiy vosita “Yashil o‘sishga o‘tish to‘g‘risida”gi Qonun hisoblanadi. Qonun doirasida qayta tiklanadigan energiya, chiqindilarni qayta ishlash va energiyani tejash sohalarida faoliyat yurituvchi startaplar uchun soliq imtiyozlari va subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, BPI France platformasi orqali kompaniyalarga yashil texnologiyalarni rivojlantirish uchun kredit va grantlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, mintaqaviy tashabbuslar qayta tiklanadigan energiya uchun infratuzilma yaratish va mahalliy ekologik loyihalarni ishga tushirishga yordam beradi.
Tashabbuslarning muvaffaqiyatli misollari qatoriga elektronika mahsulotlarini qayta sotish va qayta ishlash bo‘yicha platforma "Back Market" hamda uglerod izini kamaytirish maqsadida piyodalar va velosiped harakati monitoring tizimlarini ishlab chiquvchi "Eco-Compteur" kiradi.
Qanday foydali tomonlari bor?
“Yashil tadbirkor” platformasining ishga tushirilishi O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasida "yashil” va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshiradi. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni tejashni yanada kengaytirishga yordam beradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Музокаралар томони ҳатто имзоланган келишувларни ҳам бажармаётган вазиятда Москва қандай ҳаракат қилиши керак?" деган саволга жавоб берар экан, Песков шундай деди...
Жорий йилнинг 4 февралида Статистика агентлиги «2024 йил декабр ойида ўтган йилнинг май ойига нисбатан ҳисобланган истеъмол нархлари индексидан келиб чиқиб, 2025 йил учун ҳисобланган минимал истеъмол харажатлари (МИХ) қиймати бир ойда киши бошига 669 минг сўмни ташкил этгани»ни маълум қилди.
Фаластин қаршилик ҳаракати томонидан асирга олинган ва кейинчалик озод қилинган яҳудий Александр Турбонов тутқунликда бошидан ўтказганлари ҳақида ҳайратланарли баёнот берди.
Россия бир неча йиллардан буён хорижий технология платформаларига ноқонуний деб ҳисоблайдиган контентни, жумладан Украинадаги уруш ҳақидаги "сохта" деб атаётган маълумотларни олиб ташлашни буюриб келмоқда.
Статистика агентлиги маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2024 йилнинг январ–декабр ойларида йирик корхоналар томонидан 16 007,3 минг тонна цемент ишлаб чиқарилди.
Депортация қилинган ҳиндистонлик муҳожирларни олиб кетаётган АҚШнинг учинчи ҳарбий C-17 транспорт самолёти Ҳиндистон шимолидаги Панжоб штатига етиб келди.
Ўтган дам олиш кунлари АҚШнинг аксарият ҳудудларида кузатилган кучли бўрон оқибатида камида 10 киши, жумладан, бир бола ҳалок бўлди. Айрим штатлар сув тошқинларидан азият чекмоқда, деб хабар берди CNN.
Франция ва Британия аллақачон Украинага юборилиши мумкин бўлган 25 минг кишилик ҳарбий контингентни тўплаганини Олий Рада депутати Алексей Гончаренко маълум қилди.