Husiylar Netanyaxuga murojaatida: Amerika sizga yordam bermaydi. Biz ko‘chmanchilarni Gersl, Balfour, Ben-Gurion, Britaniya va ularni Falastinga olib kelganlarni la’natlaymiz
Bombalanayotgan G‘azo: 463-kunning asosiy voqealari.
Bosqinchilar Zaytun hududi, Dayr al-Baloh, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga zarba berdi. Bir kunda 22 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Nuseyrat lagerida snayper jurnalist Said Nabxonni otib o‘ldirdi. G‘azoda ishg‘olchilar tomonidan o‘ldirilgan jurnalistlar soni 204 kishiga yetdi.
▪️G‘azo fuqarolik mudofaasi: Isroil bombardimonlarining 10 foizida shahidlarning tana qismlari bug‘lanadi.
▪️Bosqinchilar G‘azoda sodir bo‘lgan jiddiy voqeada 8 askarning halok bo‘lganini va yaralanganini ma’lum qildi.
▪️G‘arbiy sohilda bosqinchilar Qalqilya, Tulkarm, Al-Xalil va Salfitga hujum qilmoqda. Bir falastinlik halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi.
▪️Husiylar Netanyaxuga murojaatida: Amerika sizga yordam bermaydi. Biz ko‘chmanchilarni Gersl, Balfour, Ben-Gurion, Britaniya va ularni Falastinga olib kelganlarni la’natlaymiz.
▪️Bosqinchilarning Livanning Tir shahriga uyushtirgan hujumlari natijasida 5 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi.
▪️Hind Rajab jamg‘armasi G‘azodagi urush jinoyatlarida ayblangan isroillik askar Boaz Ben Davidga qarshi sudga murojaat qildi. Da’vo ishg‘olchi ta’tilda bo‘lgan Shvesiyada qo‘zg‘atilgan.