Belgiyada 3 milliard yevro miqdoridagi ijtimoiy nafaqalarni qisqartirishga qarshi ommaviy ish tashlash boshlandi
Belgiyada yakshanba kuni kechqurun 3 milliard yevro miqdoridagi pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qisqartirishga qarshi umumiy ish tashlash boshlandi.
Qirollikning uchta yirik kasaba uyushmasi ma’lum qilganidek, norozilik aksiyasi 24 soat davom etadi.
O‘qituvchilar, jamoat transporti, temir yo‘l va ayeroport xodimlari, jumladan, xavfsizlik xizmati xodimlari va yuk ko‘taruvchilar, shuningdek, qamoqxona qo‘riqchilari, pochtachilar, o‘t o‘chiruvchilar va kommunal xizmat xodimlari ish tashlashda ishtirok etishlarini e’lon qilishgan. RTBF telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, jamoat transporti amalda yo‘q bo‘ladi, har uchta shaharlararo poyezd va avtobusdan faqat bittasi ishlaydi, 70 foizga yaqin reyslar bekor qilingan.
Qirollik polisiyasi Bryusselda poyezdda qatnashni tavsiya qildi, chunki shaharda katta tirbandliklar kutilmoqda. Bundan tashqari, shahar markazi norozilik namoyishi uchun yopiladi, kasaba uyushmalari hisob-kitoblariga ko‘ra, unda 50 000 dan 100 000 gacha odam qatnashadi. Namoyishga shahar hokimiyati ruxsat bergan.
Namoyishga mamlakat byudjetidagi ijtimoiy xarajatlarni yiliga 3 milliard yevroga qisqartirish rejalari sabab bo‘lgan. Rejalarni bosh vazir lavozimiga nomzod, o‘ta o‘ngchi “Yangi Flamand alyansi” partiyasi raisi Bart De Vever tayyorlagan. Xususan, u mamlakat harbiy xarajatlarini oshirish tarafdori.