JSST sayyohatdan voz kechishni tavsiya qiladi

JSST sayyohatdan voz kechishni tavsiya qiladi

Evropada COVID-19 bilan kasallik tarqalishi umuman sekinlashmoqda, ammo ba’zi joylarda yuqish darajasi hali ham yuqori va emlash juda sekin olib borilmoqda. JSST ko‘plab mamlakatlarda cheklovlarning bekor qilinishi va chegaralarning ochilishi munosabati bilan virus tarqalishidan ogohlantiradi. Bu haqda Kazinform BMTning yangiliklar markaziga asoslanib xabar berdi.

Mutaxassislar sayyohatga chiqishni maslahat bermaydi va hushyorlikni oshirishga, allaqachon ma’lum bo‘lgan ehtiyot choralariga rioya qilishga chaqirmoqda.

Evropada haftalik infeksiya yuqtirganlar soni aprel oyining o‘rtalaridan boshlab 60 foizga, ya’ni 1,7 million kishidan 685 ming kishiga kamaydi. Pandemiya boshlanganidan buyon xavf ostida bo‘lgan keksalarning kasalligi va o‘limi ayniqsa sezilarli darajada kamaydi. Bugungi kunda 80 yoshdan oshganlar yuqumli kasalliklar soni bo‘yicha ro‘yxatning pastki qismida joylashgan. 80 yoshdan oshgan keksalarning 75 foizi allaqachon emlangan.

Ammo JSST bunga aldanmaslikka chaqiradi.

«Biz bungacha COVID-19 tarqalishining pasayishini ko‘rdik, uning ortidan sog‘liqni saqlash tizimi va iqtisodiyotga zarba beradigan yangi koronavirus to‘lqini paydo bo‘ldi», - xabarda.

«Keling, o‘z xatolarimizni takrorlamaylik. Faqat Yevropa mintaqasining o‘zida COVID-19 1,2 million kishining hayotiga zomin bo‘ldi, bu butun bir Bryussel aholisi bilan teng. Bundan tashqari, Yevropada yangi holatlarning umumiy qisqarishi bilan tarqalishining o‘choqlari mavjud bo‘lib, bu yangi xavfli kasallikka olish kelishi mumkin. Mintaqadagi sakkizta mamlakatda yuqtirish darajasi hali ham juda yuqori», - deydi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy direktori Xans Klyuge.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!