JSST: Koronavirusning davomli asoratlaridan ayollar ikki barobar ko‘proq aziyat chekmoqda

JSST: Koronavirusning davomli asoratlaridan ayollar ikki barobar ko‘proq aziyat chekmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi bayonotida keltirilgan faktlar ko‘pchilik uchun kutilmagan xulosa bo‘ldi. Unda qayd etilishicha, koronavirus kasalligining davomli asoratlari ayollarda erkaklarga nisbatan ko‘proq uchraydi.

Ma’lumki, SOVID-19ning o‘tkir bosqichida 4 haftadan ziyod vaqt o‘tib, 12 haftagacha charchoq, tushkunlik, tanadagi og‘riqlar, yurak faoliyati buzilishi, nafas qisishi kabi alomatlar kuzatilgan bemorlar uzoq davom etadigan koronavirusni boshdan kechirganlar toifasiga qo‘shiladi.

JSST tahlillariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan so‘ng ikki yil ichida Yevropa mintaqasiga kiruvchi 53 mamlakatda 17 million nafarga yaqin bemor xuddi shu sindromdan aziyat chekkan.

AQShning Salomatlik ko‘ratkichlari va baholash instituti tadqiqotlariga asoslangan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, kasallik har uchinchi ayol va har beshinchi erkakda davomli shaklga o‘tishi mumkin.

‼️Qolaversa, SOVID-19dan keyingi bunday asoratlarga duchor bo‘lish ehtimoli xotin-qizlarda erkaklarga nisbatan ikki barobar yuqori.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!