JSST koronavirusga qarshi uchinchi vaksina Johnson & Johnsonni ma’qulladi

JSST koronavirusga qarshi uchinchi vaksina Johnson & Johnsonni ma’qulladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Johnson & Johnson kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan shoshilinch holatlarda foydalanishni ma’qulladi.

 «Koronavirusga qarshi kurashishda har bir xavfsiz va samarali yangi vosita bilan pandemiya ustidan g‘alabaga bir qadam yaqinlashamiz», — dedi JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.

Preparat JSST tomonidan ma’qullangan uchinchi vaksina bo‘ldi. Tashkilot 31 dekabrda Pfizer/BioNTech, 15 fevralda esa AstraZeneca vaksinasini ma’qullagandi.

 Johnson & Johnson kompaniyasining vaksinasi 11 mart kuni Yevropa dori vositalari agentligi tomonidan ma’qullangandi. Ushbu vaksinadan shuningdek, AQSH, Kanada va Bahraynda ham foydalanishga ruxsat berilgan. Johnson & Johnson vaksinasining boshqalaridan farqi shundaki, emlashda ikkita emas, bir doza vaksinadan foydalaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!