JSST koronavirus turlarini yunon alifbosidagi harflar bilan nomlashga qaror qildi

JSST koronavirus turlarini yunon alifbosidagi harflar bilan nomlashga qaror qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus turlarini yunon alifbosidagi harflar bilan belgilashga qaror qildi.

“JSST virusning asosiy variantlari uchun yunon alifbosidagi harflardan foydalangan holda sodda, talaffuzi va yodlash oson belgilarini o‘rnatdi”, deyiladi xabarda. Shunday qilib, B.1.1.7 koronavirusining “inglizcha” turi Alfa deb nomlandi, birinchi marta Janubiy Afrikada kashf etilgan B.1.351 varianti Beta va Braziliyaning P.1 – Gamma deb nomlandi. Hindcha koronavirus shtammining ikkita kichik turi – B.1.617.2 va B.1.617.1 navbati bilan Delta va Kappa deb nomlandi.

Ta’kidlanishicha, yangi nomlash tizimi JSST mutaxassislari tomonidan ushbu shtammlar birinchi marta topilgan mamlakatlarga nisbatan kamsitishlardan saqlanish va nutqda foydalanishni soddalashtirish maqsadida yaratilgan.

“Ular ilmiy nomlarni almashtirmaydi, balki jamoatchilik muhokamasida yordam berish uchun mo‘ljallangan”, dedi JSST etakchi epidemiologi Mariya van Kerxov va davlatlarni yangi belgilaridan foydalanishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!