Joriy chorakda ish haqining yillik real o‘sish sur’ati 7,7 foizgacha sekinlashgan

Joriy chorakda ish haqining yillik real o‘sish sur’ati 7,7 foizgacha sekinlashgan

Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan Mehnat bozori sharhida joriy yilning II choragida mehnat bozori ko‘rsatkichlari turli yo‘nalishlarda shakllandi.

Dastlabki ikki oy ish beruvchilar tomonidan e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlarining nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turgan bo‘lsa, iyun oyida pasayish kuzatildi.

Aprel-iyun oylari natijalariga ko‘ra, bo‘sh ish o‘rinlarining oylik o‘rtacha soni 35,7 ming birlikni tashkil etib, I chorak ko‘rsatkichlariga nisbatan 3 foizga kam bo‘ldi.

Dastlabki ikki oy ish beruvchilar tomonidan e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlarining nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turgan bo‘lsa, iyun oyida pasayish kuzatildi.

Aprel-iyun oylari natijalariga ko‘ra, bo‘sh ish o‘rinlarining oylik o‘rtacha soni 35,7 ming birlikni tashkil etib, I chorak ko‘rsatkichlariga nisbatan 3 foizga kam bo‘ldi.

Iyun oyida bo‘sh ish o‘rinlari sonining kamayishi mavsumiy, jumladan, o‘quv yilining tugashi va ta’til mavsumining boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, iyun oyida o‘tgan oylardan qolgan bo‘sh ish o‘rinlari sonining kamayishi, bo‘sh ish o‘rinlari nisbatan tez to‘ldirilganligi va yangi vakansiyalarning e’lon qilinmaganligidan dalolat beradi.

E’lon qilingan vakansiyalar soni, mingta. Ochiq ma’lumotlarga asosan Markaziy bank hisob-kitoblari onlayn kuzatish natijalariga ko‘ra, II chorakda ish qidirish uchun ochiq veb-resurslarga tashrif buyuruvchilar bilan birga ko‘rishlar soni ham pasaygan. So‘nggi oylarda ish izlash bo‘yicha so‘rovlar soni qisqarishda davom etdi. Iyun oyida ish qidirish uchun mo‘ljallangan veb-saytlarga tashrif buyuruvchilar soni qariyb 360 ming kishini tashkil etib, yil boshi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha ko‘rsatkichlardan biroz pastroq shakllandi.

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, II chorakda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni I chorakka nisbatan 23 mingtaga yoki 8,8 foizga oshib, 287 ming kishini tashkil etdi. Yuqori o‘sish maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida (+21,3 foiz) qayd etilgan bo‘lib, chakana savdo sohasida tadbirkorlar sonining o‘sishi biroz sekinlashgan.

O‘z-o‘zini band qilganlar soni barqaror o‘sishda davom etmoqda va iyun oyi oxiriga 3,55 mln. kishiga yetgan (joriy yilning I choragiga nisbatan 26 foizga yoki 730 ming kishiga ko‘p). Ularning uchdan ikki qismi maishiy xizmat (41 foiz) va qishloq xo‘jaligi (26 foiz) sohalarida faoliyat yuritib, aprel iyun oylarida umumiy o‘sishi 26,6 foizni tashkil etdi.

Joriy chorakda ish haqining yillik nominal o‘sish sur’ati 17,4 foizgacha, real o‘sish sur’ati esa 7,7 foizgacha sekinlashdi. Biroq joriy yil ko‘rsatkichlarida o‘tgan yilgi indeksasiya ta’sirining saqlanib qolishi va o‘rtacha yillik inflyasiyaning nisbatan pastligi tufayli ish haqining o‘sish sur’ati biroz yuqoriligicha qolmoqda.

Xizmat ko‘rsatish sohasi, xususan, savdo (+24,6 foiz), transport (+20,6 foiz), aloqa va axborotlashtirish (+23,2 foiz) sohalarida ish haqi jadal o‘sishda davom etmoqda. Qurilish sohasida ish haqi o‘sishi o‘tgan yilning ikkinchi yarmidan sekinlashib bormoqda. Bu sohada ishchi kuchi taklifining oshishi asosiy omillardan bo‘lishi mumkin. Boshqa tarmoqlarda (sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash) ish haqining o‘sishi o‘rtacha ko‘rsatkichlar doirasida qolmoqda.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalari dinamikasi va mehnat migrantlari oqimi yil boshidan transchegaraviy pul o‘tkazmalari dinamikasi Markaziy bankning aprel oyidagi prognozlaridan birmuncha yuqoriroq bo‘ldi. Birinchi yarim yillikda mamlakatga pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi 6,5 mlrd. dollarni tashkil etib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga oshdi.

Pul o‘tkazmalarining sezilarli o‘sishi an’anaviy migrant mamlakatlari valyutalarining nisbiy barqarorligi, ish haqining o‘sishi, aksariyat qabul qiluvchi mamlakatlarda iqtisodiy faollikning yuqoriligi, ishchi kuchiga doimiy talab va davom etayotgan geografik diversifikasiya bilan ta’minlanmoqda.

Mehnat resurslariga tashqi talab ortib borayotgan bo‘lib, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aprel iyun oylarida 3,6 mingta 1 yangi bo‘sh xorijiy ish o‘rinlari e’lon qilingan.

Bundan tashqari, Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya va Shveysariyadan ma’lum malakaga ega ishchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taklifi kengaymoqda.

Mehnat migrasiyasi geografiyasining kengayishi va ishchi kuchining xalqaro diversifikasiyasi natijasida AQSh (+43 foiz), Germaniya (+64 foiz), Polsha (+93 foiz) va Janubiy Koreyadan (+90 foiz) pul o‘tkazmalari hajmi sezilarli oshdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!