Jo Bayden G‘azoda olti haftalik sulh tuzishga chaqirmoqda

Jo Bayden G‘azoda olti haftalik sulh tuzishga chaqirmoqda

AQSh prezidenti G‘azo sektorida Isroil va XAMAS o‘rtasidagi janglarda olti haftalik tanaffusga chaqirdi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, bu uzoq muddatli tinchlik yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi DW.

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil va XAMAS terrorchilik harakatini G‘azo sektoridagi janglarda olti haftalik tanaffus qilishga chaqirdi. Amerika yetakchisining bu bayonoti 12 fevral, dushanba kuni Vashingtonda Iordaniya qiroli Abdulloh II bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralaridan so‘ng aytildi.

Baydenga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ustida ishlayotgan G‘azo sektoridagi olti haftalik sulh, bir tomondan, isroillik garovga olinganlarni ozod qilishda yordam bersa, ikkinchi tomondan, yetkazilayotgan gumanitar yordam hajmini oshirishi mumkin.

Abdulloh II, o‘z navbatida, G‘azo sektoridagi urushni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

"Biz buning davom etishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Bizga hozir uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish kerak. Urush tugashi kerak", – dedi Iordaniya monarxi. U janglarning davom etishi insonparvarlik falokatiga tahdid solayotganini qo‘shimcha qildi. Abdulloh II, shuningdek, ikki Falastin hududi – G‘arbiy Sohil va G‘azo sektorining siyosiy bo‘linishini “qabul qilib bo‘lmas”ligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!