Jo Bayden asli kelib chiqishi arab bo‘lgan shaxsni muhim lavozimga tayinladi

Jo Bayden asli kelib chiqishi arab bo‘lgan shaxsni muhim lavozimga tayinladi

AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden asli arab bo‘lgan yana bir shaxsni o‘z hukumatining muhim lavozimlaridan biriga tayinladi.

Bayden 4 yanvar kuni Dana Shubatni yuridik masalalar bo‘yicha katta maslahatchi etib tayinladi. Shubat bungacha Kolorado shtati senatori Maykl Bennetning qonun chiqarish bo‘yicha yordamchisi sifatida faoliyat olib borayotgan edi. Uning ota-onasi Amerikaga Iordaniyadan ko‘chib kelishgan.

Jo Bayden noyabr oyida Oq uyning qonun chiqaruvchi idorasi direktori o‘rinbosari etib Rima Dodinni tayinlagandi. Dodinning asli kelib chiqish Falastinga borib taqaladi.

Bayden yangi tayinlovlardan keyin shunday dedi:

“Vise-prezident Kamala Xarris va men Amerika xalqiga o‘xshash hukumat qurishga intilmoqdamiz. Turli xil millatga mansub jamoani yaratish xalqimiz oldida turgan favqulodda inqirozni bartaraf etish uchun yanada yaxshi natijalarga va yanada samarali yechimlarga olib keladi” deydi Bayden.

Bayden Shubat haqida ham fikr bildirgan:

“Shubat iordaniyalik muhojirlarning qizi. U birinchi amerikalik avlod. Shubat Kaliforniyada tug‘ilgan va Koloradoda katta bo‘lgan. U Kolorado Universitetining bitiruvchisidir.”

Bayden 2020 yilning avgust oyida arab millatiga mansub amerikaliklar bilan misli ko‘rilmagan va keng qamrovli “Hamkorlik rejasi”ni e’lon qilgandi. U o‘zining tarixiy bayonotida amerikalik arablarni “millatimiz uchun muhim” deb atagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!