Jizzaxga keladigan turistlar guruhlariga transport xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi — Shavkat Mirziyoyev

Jizzaxga keladigan turistlar guruhlariga transport xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga keladigan turistlar guruhlariga transport xarajatlarining bir qismi qoplab berilishini aytdi.

- Jizzax shahridagi temir yo‘l vokzalidan ushbu hududlardagi turistik majmualarga tezyurar avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi;

- Toshkent shahri va boshqa hududlardan uyushgan holda keladigan turistlarga transport xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi;

- ushbu tumanlarning turizm ob’ektlarigacha yo‘l va elektr ta’minotiga 200 milliard so‘m ajratiladi;

- aholi xonadonlarida “oilaviy mehmon uylari”ni yo‘lga qo‘yish uchun o‘quv markazi tashkil etiladi va imtiyozli kreditlar, subsidiya va yangi yengilliklar paketi joriy etiladi;

- ushbu tumanlardagi turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun maxsus soliq rejimi tatbiq etiladi. Bunda uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor-yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi;

- yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari quriladi.

- “Zomin” turistik hududida zamonaviy tog‘-chang‘i kompleksi, tog‘-dor yo‘li, 8 ta sihatgohdan iborat “rekreasion zona” barpo etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!