Jizzaxda fuqaroning moli quduqqa tushib ketdi

Jizzaxda fuqaroning moli quduqqa tushib ketdi

Qora moli 10 metrlik quduqqa tushib ketgan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bu haqda Jizzax viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 29 iyul kuni soat 11:20da Jizzax viloyati FVB navbatchilik qismiga G‘allaorol tumani «Alamli» MFY Hamid Olimjon ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan yashash xonadoni hovlisidagi 10 metr chuqurlikdagi quduqqa qora moli tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Xabarga asosan Jizzax viloyat FVBsi Yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib bordi. Qutqaruv guruhining sa’y harakatlari bilan fuqaroning qora moli quduqdan chiqarib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!