Jizzaxda ayol nojo‘ya taklif bildirgan erkakni pichoqladi

Jizzaxda ayol nojo‘ya taklif bildirgan erkakni pichoqladi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Lalmikor mahallasida yashovchi K.M. uchun Yangi yil omadli boshlanmadi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

U tungi soat 23.30.lar atrofida tumanning Marjonbuloq shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi M.T.ga nojo‘ya taklif bilan murojaat qilgan.

Bundan jahli chiqqan ayol “Menga tegajoqlik qilma”, degancha qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan erkakning qorniga pichoq urgan. Oqibatda pichoq sanchilish jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.    


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!