Jizzaxda 6 qavatli uyning qulashi sabablarini Ochilboy Ramatov boshchiligidagi komissiya o‘rganadi

Jizzaxda 6 qavatli uyning qulashi sabablarini Ochilboy Ramatov boshchiligidagi komissiya o‘rganadi

Jizzax shahrida “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” MCHJ tomonidan qurilayotgan 6-qavatli uyning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.

Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 17:10 da Jizzax shahar, “Zilol” MFY, Mustaqillik ko‘chasida “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” MCHJ tomonidan qurilayotgan 6-qavatli  qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushgan.

Shu bois, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzildi. 

Komissiya tarkibiga Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar hamda loyiha tashkilotlari kiritilgan. 

Ushbu Hukumat komissiyasi zimmasiga, 6-qavatli  uyning qulab tushish sabablari, bunga omil bo‘lgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilganligi, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amaldagi normativ-me’yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.

Hukumat komissiyasi bugundan o‘z ishini boshlagan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!