Jizzax hududidan o‘tgan xalqaro avtomobil yo‘lida Cobalt yonib ketdi

Jizzax hududidan o‘tgan xalqaro avtomobil yo‘lida Cobalt yonib ketdi

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 998-kilometrida 15 iyun kuni soat 12:50 larda Cobalt yonib ketdi. Bu haqda Jizzax viloyati YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli, 85K600JA davlat belgili avtomashinasida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, motor va salon qismi yongan.

Yong‘in FVB tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Tergovga qadar tekshiruvni tuman FVB olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!