JARda avtohalokat tufayli 45 kishi qurbon bo‘ldi

JARda avtohalokat tufayli 45 kishi qurbon bo‘ldi

Janubiy Afrika Respublikasi Limpopo viloyatida avtobus ko‘prikdan qulab tushib, kamida 45 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “SABC” radiostansiyasi xabar tarqatdi.

– Mokopan va Marken tumanlari orasidagi tog‘ dovonida ketayotgan avtobus boshqaruvi nazoratdan chiqib, mashina ko‘prikdan qulagan va yonib ketgan, deyiladi axborotda. – Natijada qirq besh yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumdi.

Mamlakat transport vaziri Sindisive Chikunga ma’lum qilishicha, omon qolgan birgina sakkiz yoshli qizaloq kasalxonaga yotqizilgan, yana bir ayolning joni shifoxonaga olib ketilayotganda uzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!