Izmirda zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetdi

Izmirda zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetdi

30 oktyabr kuni Turkiya g‘arbidagi Izmir provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,6 ballik zilzila oqibatida vayron bo‘lgan binolarda qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda TRT telekanali mamlakat Ofat va favqulodda holatlarni boshqarish vazirligi (AFAD) rahbari Mehmet Gulluo‘g‘liga tayanib xabar qildi.

Zilziladan so‘ng 17 ta bino vayron bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, vayronalarni og‘ir texnika yordamida tozalash ishlari boshlandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 114 kishi halok bo‘ldi, 1035 kishi jabrlandi, ulardan 137 nafari shifoxonalarda davolanmoqda.

107 kishi vayronalar ostidan qutqarib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!