Iyul oyida qimmatlagan asosiy nooziq-ovqat mahsulotlar ma’lum bo‘ldi

Iyul oyida qimmatlagan asosiy nooziq-ovqat mahsulotlar ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,7 %ga qimmatlashgan. Bu o‘z navbatida umumiy iste’mol narxlari indeksining (INI) 0,6 foiz darajasida oshishiga olib kelgan.
 
Nooziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sishiga Avtomobillar uchun yoqilg‘i hamda maishiy ko‘mir narxining o‘sishi salbiy ta’sir qilgan. Ko‘mir narxining qimmatlashishi yig‘ma INI oshishiga 0,5 foiz darajasida yoki umumiy nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining qimmatlashishiga 83,3 foiz ta’sir o‘tkazgan.
 
Ta’sir darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni avtomobillarga gaz to‘ldirish shahobchalari orqali sotiluvchi yoqilg‘i,  ya’ni,  propan mahsuloti egallagan. Oy davomida uning narxi o‘rtacha 19,3 foizga ko‘tarilgan.
 
Narxlar qimmatlashishining asosiy sabablaridan biri,  mazkur mahsulotga nisbatan shakllanayotgan birja narxlari hamda yoqilg‘i-moylash materiallari bozorida yuzaga kelayotgan holatlar propan narxining sezilarli darajada qimmatlashishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
 
Hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, propan narxi yuqori sur’atda Qashqadaryo viloyatida (o‘rtacha 1,4 barobarga), past darajada esa Sirdaryo viloyatida (8,1 foiz) qimmatlashgan.
 
Joriy yilning III choragi davomida inflyasiya darajasini jilovlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida g‘isht mahsulotlarining chakana narxi o‘rtacha 5 foizga arzonlashgan. Sement narxlari esa aksincha, iyul oyida ham avvalgi oylardagi kabi o‘sishda davom etmoqda (oy davomida o‘rtacha 2,2 foiz)
 
Mamlakatning ba’zi hududlari bo‘yicha kuzatuvdagi nooziq-ovqat mahsulotlarning ayrimlarida,  ya’ni,  shaxsiy gigiyena tovarlari (shampun, tish pastasi va boshqalar) hamda televizor narxlarining arzonlashganligi kuzatilgan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!