Italiyada xakerlar Soliq ma’muriyatining ma’lumotlarini o‘g‘irladi

Italiyada xakerlar Soliq ma’muriyatining ma’lumotlarini o‘g‘irladi

«RIA NOVOSTI»ning xabariga ko‘ra, joriy yilning 25 iyul kuni "Lockbit" nomli xakerlar guruhi tomonidan Italiya davlatiga tegishli bo‘lgan Soliq idorasining ma’lumotlar bazasiga buzib kirish oqibatida 78 GB.ga yaqin ma’lumotlari yo‘qotilgan.

Aniqlanishicha, xakerlar Italiya rasmiylariga to‘lov to‘lash uchun besh kun muddat bergan, aks holda berilgan muddatda aytgan pullarini to‘lashmasa o‘zlarida mavjud ma’lumotlar «Korporativ hujjatlar, Moliyaviy hisobotlar va shartnomalar»ni qo‘lga kiritgan barcha fayllarini ijtimoiy tarmoqqa e’lon qilish bilan tahdid qilgan.

Voqea holatlari yuzasidan Italiya Ichki ishlar vazirligining Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan "Lockbit" nomli guruh vakillarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!