Isroilning Jebaliyadagi hujumida 5 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Jebaliyadagi hujumida 5 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasining G‘azo sektori shimolidagi blokadadagi Jebaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi natijasida besh falastinlik halok bo‘ldi, ko‘plar yaralandi.

Guvohlarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari qochqinlar lageri g‘arbidagi Faxura mahallasidagi uyga hujum qilgan.

Qayd etilishicha, yaradorlar Al-Ahli Baptistlar kasalxonasiga yotqizilgan.

Boshqa tomondan, mahalliy manbalarga ko‘ra, Isroil harbiylari Beyt Lahia shahrida ham bosqin uyushtirgan.

G‘azo sektori fuqarolik mudofaasi boshqarmasi 19 may kuni Bayt-Laxiyadagi Kamol Advan kasalxonasi Isroil armiyasi tahdidi tufayli ishlamayapti, deb xabar berdi.

Isroilning G‘azo sektoriga qilgan hujumlarida o‘tgan yilning 7 oktyabridan beri 35,8 ming falastinlik, jumladan, kamida 15,239 nafar bola va 10,093 nafar ayol halok bo‘lgan, 80,200 nafari yaralangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!