Isroil Tashqi ishlar vazirligi Ispaniya konsulligiga falastinliklarga xizmat ko‘rsatishni taqiqladi

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Ispaniya konsulligiga falastinliklarga xizmat ko‘rsatishni taqiqladi

Madrid Falastin davlatini tan olganidan keyin Isroil Tashqi ishlar vazirligi Ispaniyaning Quddusdagi konsulligiga falastinliklarga xizmat ko‘rsatishni taqiqladi.

Bu haqda Isroil TIV rahbari Israel Kas ma’lum qildi.

“Ispaniyaning Falastin davlatini tan olishi va Ispaniya Bosh vaziri o‘rinbosarining nafaqat Falastin davlatini tan olish, balki “Falastinni daryodan dengizgacha ozod qilish” haqidagi antisemitizm chaqirig‘iga javoban men Ispaniyaning Isroildagi vakolatxonasi va falastinliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik shartnomani uzishga qaror qildim”, — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Kas, shuningdek, Ispaniyaning Quddusdagi konsulligining G‘arbiy Sohildagi falastinliklarga xizmat ko‘rsatishini taqiqlaganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!