Isroil Madrimov jang oldidan orzusi haqida gapirdi

Isroil Madrimov jang oldidan orzusi haqida gapirdi

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov bo‘lajak jangi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu men uchun katta imkoniyat. Men dunyoning eng yaxshi bokschisiga qarshi jang qilaman. Bu orzum amalga oshdi. Men o‘zimni ajoyib his qilyapman, boks tarixining bir qismi bo‘lishga tayyorman.

Kroufordning jamoasiga faqat hurmat bildiraman. Aytganimdek, u mening sevimli bokschilarimdan biri, lekin shu bilan birga, men ham dunyoning eng zo‘ri bo‘lishimga ishonaman. Men imkonsiz narsalarni amalga oshirish mumkinligiga ishonaman. Orzuim — hech kim kutmagan narsani amalga oshirish, hech kim mendan g‘alaba qozonishimni kutmagan jangda g‘olib bo‘lish. Men buni yakshanba kuni qila olishimga ishonaman!", dedi Madrimov.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz ertaga tongda amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!