Isroil Falastindagi yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlarga vizani rad etdi - Bloomberg

Isroil Falastindagi yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlarga vizani rad etdi - Bloomberg



Agentlikning bildirishicha, sionistik ma’murlar G‘azo sektori va G‘arbiy Sohildagi falastinliklarga hayotiy yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlar xodimlari uchun vizalar va ishlash ruxsatnomalarini yangilashni to‘xtatgan.

✅ Gap, xususan, Amnesty International, Oxfam, Care International va boshqa tashkilotlar haqida ketmoqda. Qayd etilishicha, so‘nggi haftalarda gumanitar soha xodimlarining 60 foizga yaqini viza muddatini uzaytirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan.

Avvalroq bir qator G‘arb davlatlari, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligini moliyalashtirishni to‘xtatganini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!