Isroil chekinmoqda

Isroil chekinmoqda

Hizbullohning ommaviy va uzluksiz hujumlaridan so‘ng, Isroil bosqinchi kuchlari Falastin shimolidagi nazoratini yo‘qotdi. Bu haqda "Bolshoy Blijniy Vostok" Telegram-kanali xabar berdi.


Unga ko‘ra, bir necha soat ichida Hizbulloh 200 ta raketa uchirgan. Yaqinda axborot agentliklari Qo‘shma Shtatlar Isroilga bor-yo‘g‘i 100 ta raketa yetkazib berishga va’da bergani haqida xabar tarqatgandi. Bu esa shu paytgacha berilgan AQSh yordamini hisobga olsak, dengizdan tomchidek gap. Ayni paytda bunday gap-so‘zlar Qo‘shma Shtatlar endi (bir vaqtning o‘zida ham Isroil, ham Ukraina uchun) bunchalik ko‘p harbiy qurol ishlab chiqarishga chiday olmasligini bildiradi.

Hatto Amerikaning o‘zida atigi 16 ta Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi mavjud. Hizbulloh allaqachon Isroilda ulardan birini yo‘q qilgan.

Sionist rejimining propagandachi OAVlari ham armiyada qurol-yarog‘ bilan bog‘liq muammolar va kadrlar yetishmovchiligidan so‘zlay boshlagani bejiz emas.

Turli yo‘nalishlardan hujumga o‘tgan Hizbulloh Temir gumbaz tizimini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, Livan qarshilik harakati Amerikaning GPS navigasiyasidan emas, Eronning sun’iy yo‘ldosh tizimidan foydalanadi.

Isroil harbiylari ularning "maxsus o‘qitilgan itlari porox hidini sezmayotgani, binolarga yoki tunnelga kirishganida, portlash oqibatida itdek o‘lib ketayotgani"dan nolib, Amerika nashrlariga intervyu berayotgani ham yovuzlik ustida qurilgan rejimning tanazzulidan darak bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!