Isroil bosqinchilari Rafahdagi Amirliklar shifoxonasiga artilleriyadan o‘t ochdi va Indoneziya shifoxonasiga o‘t qo‘ydi

Isroil bosqinchilari Rafahdagi Amirliklar shifoxonasiga artilleriyadan o‘t ochdi va Indoneziya shifoxonasiga o‘t qo‘ydi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 253 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

  • Bosqinchilar Nuseyrat lageri, Shujaya hududi va Rafahga hujum qildi. Kun davomida 34 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon shahid bo‘lganlar 37266 nafarga yetdi.
  • G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Tulkarm, Nablus, Ramallah va Jeninga hujum qildi. 2 kishi jarohatlangan. 30 dan ortiq falastinlik hibsga olingan.
  • Bosqinchilar Rafahdagi Amirliklar shifoxonasiga artilleriyadan o‘t ochdi va Indoneziya shifoxonasiga o‘t qo‘ydi.
  • Hizbulloh o‘nlab "Falak" va "Katyusha" raketalari bilan sionistlarni o‘qqa tutdi. Isroil shimolida hamon yong‘in davom etmoqda.
  • Al-Qassam brigadalari: "Biz Az-Zaytun hududidagi uy va tunnelni portlatib, bosqinchilar otryadini yo‘q qildik".
  • Iroq Islomiy qarshilik kuchlari Hayfa portiga hujum qildi.
  • "Associated press": AQSh harbiy-dengiz kuchlari Yamandagi sirli kuchlar bilan dengiz jangida oldinga siljiy olmayapti. Amerika Qizil dengizda Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng kuchli qarshilikka duch kelmoqda.
  • Pentagon: G‘azo bo‘ylab suzuvchi iskala vaqtincha demontaj qilinib, bo‘ronli ob-havo tufayli Ashdod portiga ko‘chirildi.
  • Qizil dengizdagi kemalar “Ozod Falastin” va “Bizning Isroil bilan hech qanday aloqamiz yo‘q” shiorlari ostida suzyapti.
  • Metulla ishg‘ol posyolkasi boshlig‘i: "Isroil hukumati mamlakat shimolidagi nazoratni boy berdi va bu holat ularni tashvishlantirmayotganidan xavotirdaman".

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!